Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Italiya futboli afsonalari o‘rtasidagi bahs 18-may, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Uchrashuvning 7-daqiqasida Vinchenso Yakvinta hisobni ochdi. 19-daqiqada Sanjar Tursunov chiroyli gol bilan muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim yakunida Vinchenso Yakvinta mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Shu tariqa jamoalar 1:2 hisobida tanaffusga yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Ne’matulla Qutiboyev hisobni tenglashtirdi. 47-daqiqada Server Jeparov tomonidan urilgan gol O‘zbekistonga g‘alaba olib keldi.

Toshkentning “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv o‘zbekistonliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘zbek futbolining 110 yillik bayram tadbiriga bag‘ishlangan o‘yinda O‘zbekiston futboli faxriylari xayrlashuv uchrashuvlarini o‘tkazdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘rtoqlik o‘yini

18-may, chorshanba

O‘zbekiston afsonalari — Italiya A Seriyasi afsonalari 3:2

Gollar: 0:1 —7 Yakvinta, 1:1 — 19 Tursunov, 1:2 — 30 Yakvinta, 2:2 — 31 Qutiboyev, 3:2 — 47 Jeparov.

O‘zbekiston afsonalari: 1. Pavel Bugalo (Ignatiy Nesterov, 29), 4. Islom Inomov (Akmal Shorahmedov, 17), 5. Anzur Ismoilov, 7. Aziz Haydarov (Shuhrat Mirxoldirshoyev, 60), 8. Server Jeparov (Viktor Karpenko, 48), 9. Odil Ahmedov (Nosir Otaqo‘ziyev, 60), 13. Asror Aliqulov (Anvar G‘ofurov, 34), 18. Timur Kapadze (Eldor Magdeyev, 34, Kamoliddin Murzoyev 56), 20. Anvar Soliyev (Ne’matulla Qutiboev, 25, Zayniddin Tojiev, 34, Aleksandr Geynrix, 45, Farhod Tojiyev 60), 22. Viktor Karpenko (Shavkat Mullajonov, 17), 27. Ilhom Suyunov (Sanjar Tursunov, 17, Asqar Jadigerov, 56).

Italiya A seriyasi afsonalari: 1. Kristian Abbiati, 2. Vinsen Kandela (Eduardo, 48), 6. Aldair, 7. Lyudovik Jyuli (Luka Antonini, 24), 8. Anjelo Karbone, 10. Luidji di Byajo (Robson Toledo, 45), 11. Alberto Jilardino (Kristian Zenoni, 45), 14. Dario Shimich, 15. Vinchenso Yakvinta, 27. Serjino (Marek Yankulovski, 24), 81. Kristian Zakkardo.