17-may kuni O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov qirg‘izistonlik hamkasbi — Davlat xavfsizlik milliy qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev bilan uchrashdi, deb xabar beradi “KNews.kg”.

Foto: “KNews.kg”

Uchrashuv davomida maxsus xizmatlar rahbarlari vertolyotda o‘zbek—qirg‘iz chegarasining Jalolobod viloyati Ola-buqa tumanidagi belgilanmagan qismini ko‘zdan kechirgan. Shuningdek, tomonlar uchrashuv davomida turli masalalar bo‘yicha fikr almashgan va tegishli qaror qabul qilgan.

Foto: “KNews.kg”

Foto: “KNews.kg”

Foto: “KNews.kg”

Foto: “KNews.kg”

Eslatib o‘tamiz, 5-may kuni Jalolobod viloyatining Ola-Buqa tumani “Aktam” qishloq fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlari chegarachilari uch nafar Qirg‘iziston fuqarosiga nisbatan qurol ishlatgandi. Oqibatida 48 yoshli A.K., 24 yoshli A.J. va 22 yoshli A.K. yarador holatda Ola-Buqa tumanidagi shifoxonaga yetkazilgan. Ular ko‘rsatilgan yordamga qaramay, hushiga kelmay, olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Sodir bo‘lgan holat yuzasidan Qirg‘izistonning Ola-Buqa yo‘nalishi bo‘yicha chegara xizmati vakili zudlik bilan O‘zbekistonning Yangiqo‘rg‘on yo‘nalishi bo‘yicha chegara xizmati vakili bilan uchrashuv o‘tkazgan. Tomonlar xizmat tekshiruvlari yakuni bo‘yicha 6-may kuni uchrashishga kelishib olgan. Sodir bo‘lgan holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan tergov harakatlari boshlangan edi.