Dunyodagi birinchi hayvonot bog‘i miloddan avvalgi 1500-yilda qirolicha Xatshepsut tomonidan Misrda tashkil etilgan. Bog‘ uchun Afrikadan hayvonlar yig‘ilgan. Keyinchalik Xitoy imperatori Ven Van o‘zining boyligi va qudratini ko‘rsatish uchun hayvonot bog‘i qurdirgan.

Hozirga kelib dunyoning turli burchaklarida 10 mingdan ortiq hayvonot bog‘i faoliyat yuritadi. “Daryo” 1924-yilda tashkil etilgan va hozirga kelib 14 mingga yaqin jonzotlarni o‘z bag‘riga sig‘dirib kelayotgan Toshkent hayvonot bog‘iga sayohat qilib, bog‘ xodimlari faoliyati va ularning nazoratidagi hayvonot olami bilan yaqindan tanishishga harakat qildi.

Videoning to‘liq variantini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Sevara Mirzarahimova

Tasvirchi va montajchi: Ilhom Xursanaliyev