Tadbirkor Alisher Usmonov va badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Viner-Usmonova ajrashishga qaror qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Moskvaning Krilatskoye tumani sud okrugi sudyasi bu masalani 7-iyun kuni ko‘rib chiqadi.

Alisher Usmonov 28-fevral kuni, Ukrainada urush boshlanganidan to‘rt kun o‘tib, Yevropa Ittifoqining sanksiyalari ro‘yxatiga tushgan edi.

Tadbirkor vakillari bu shaxsiy sanksiyalar ekanini va ular Usmonov kompaniyalariga ta’sir qilmasligini aytishgan.

Avvalroq Alisher Usmonovning boyligi yil davomida 18,4 milliard dollardan 11,5 milliard dollargacha kamaygani haqida xabar berilgan edi.