Davlat statistika qo‘mitasi 18-may kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, o‘rganilgan vaqt davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

  • suyakli mol go‘shti (1 kg) — 45 000—73 000 so‘m (+1000 so‘m);
  • qo‘y go‘shti (1 kg) — 55 000—86 000 so‘m (+1000 so‘m);
  • kartoshka (1 kg) — 2 500—8000 so‘m;
  • piyoz (1 kg) — 2000—5000 so‘m;
  • sabzi (1 kg) — 1000—7000 so‘m (+1000 so‘m);
  • tuxum (10 dona) — 6000—15 000 so‘m (-1000 so‘m);
  • guruch (1 kg) — 4500—21 000 so‘m (+1000 so‘m);
  • o‘simlik yog‘i (1 l) — 15 000—28 000 so‘m (+2000 so‘m);
  • shakar (1 kg) — 9000—13 000 so‘m (+200 so‘m).

Mahsulotlar narxlarida 27-apreldagiga nisbatan o‘zgarish kuzatilgan, xususan, tuxum (-1 000 so‘m) arzonlashib, go‘sht, o‘simlik yog‘i, guruch hamda sabzi biroz qimmatlashgan.