Futbol – yildan yilga o‘zgarayotgan, takomillashib borayotgan, millionlar emas, balki milliardlar o‘yiniga aylanayotgan sport turi. Internet nashrlar rivojlanib, yangiliklar turli tarmoqlarda uzatilishidan avval barcha sohalarga qatori futbolga oid yangiliklar ham insonlarga televideniye, radio va gazeta-jurnallar orqali yetkazib berilgan.

Xo‘sh, 11 yil avval o‘zbek futbol gazetalari nimalar haqida yozgan, mulohazalar qilgan, kimlar bilan intervyular uyushtirgan? Bularning barchasi “O‘zbek futboli gazetalari tarixi” ruknida e’lon qilib boriladi.

O‘zbekiston terma jamoasi 1 va 4-iyun kunlari Ukraina va Xitoyga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. “Interfutbol” gazetasida termaga chaqirilgan futbolchilarning ro‘yxati e’lon qilingan.

“Interfutbol” gazetasining 2011-yil 20-may sonidan lavha

Vadim Abramov legioner futbolchilar xizmatidan atigi bitta o‘yinda foydalanishi mumkin. Bunga sabab – futbolchilari ishtirok etadigan chempionatdagi taqvim zichligi. Xususan, Janubiy Koreyaning Key-Ligasida to‘p suradigan uch nafar futbolchi Ukrainaga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Rossiyaning birinchi divizionida o‘ynaydigan Marat Bikmayev va Ukrainada harakat qiladigan Maksim Shatskix esa Xitoyga qarshi o‘yinda terma jamoaga yordam berolmaydi. Bikmayev birgina o‘yin uchun klubidan ruxsat so‘ragan bo‘lsa, Shatskixning Xitoyga bormasligi sababi boshqa futbolchilarni sinab ko‘rilishi bilan izohlangan.

Darvoqe, may oyining oxirida to‘yi bo‘lishi lozim bo‘lgan Vitaliy Denisov ham ushbu uchrashuvlarda ishtirok eta olmaydi.

25-maydan 8-iyunga qadar O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Avstriyadagi turnirda ishtirok etadi. Olimpiya terma jamoasi turnir davomida Niderlandiya, Isroil va Albaniya termalariga qarshi bahs olib borishi lozim. E’tiborga molik tomoni shundaki milliy terma jamoa bilan birdek OTJning bosh murabbiyi – Vadim Abramov.

“Interfutbol” gazetasining 2011-yil 20-may sonidan lavha

Ushbu turnir uchun ham futbolchilar chaqiruv olgan. Abramov “Bunyodkor”ning 20 yoshli posboni Viktor Machalovni ham OTJga ilk bor taklif qilgan.

Qiziq tomoni shundaki, Vadim Karlenovich 1 va 4-iyun kunlari milliy terma jamoa bilan ikki mamlakatda, 25-maydan 8-iyungacha OTJ bilan yana bir mamlakatda bo‘lishga to‘g‘ri keladi. Abramov qaysi terma jamoaga qachon ulguradi, degan savolga uning o‘zi bergan intervyusida javob beribdi:

“Interfutbol” gazetasining 2011-yil 20-may sonidan lavha

“Interfutbol” gazetasining 2011-yil 20-may sonidan lavha

FIFA reytingida O‘zbekiston yana 83-o‘rinda. Terma jamoa hisobidagi ochkolar yig‘indisi 403 ga teng. JCH—2010 g‘olibi bo‘lgan Ispaniya esa reytingda peshqadam.

“Interfutbol” gazetasining 2011-yil 20-may sonidan lavha

Hozirda holat qanday? FIFAning 2022-yil 31-mart kuni e’lon qilgan reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 1286 ochko bilan yana 83-o‘rinda. Reytingda esa peshqadam 1832 ochko bilan Braziliya terma jamoasi.

Biz ham entikib, ham xo‘rsinib eslaydiganimiz – Meksikada bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga qur’a tashlangan. Chorak finalga qadar yetib borgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillariga qaytishi bilanoq Spark avtomashinasi berilgan, futbolchilari o‘zbek futbolining kelajagi, deb qaralgan edi.

“Interfutbol” gazetasining 2011-yil 20-may sonidan lavha

Oradan vaqt o‘tib ularning qanchasi futbolda qoldi-yu, qanchasining faoliyati qanday bo‘lganini ko‘rib, bilib oldik.

“Interfutbol” gazetasining 2011-yil 20-may sonidan lavha

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksey Yevstafeyev “Futbol-Ekspress”ga bergan intervyusida qur’a haqida fikr bildirib, jumladan, shunday degan: “Guruhimizda Chexiya favorit bo‘lsa kerak. Aynan chexlarni jiddiy raqib deb hisoblayman. Qolgan jamoalar haqida hozircha hech narsa deya olmayman. Chunki raqiblarimiz to‘g‘risida menda yetarli ma’lumotlar yo‘q. Mana endi Jahon chempionati boshlanguniga qadar raqiblarimizni yaxshilab o‘rganib boramiz”.

“Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 20-may sonidan lavha

“Klublarimiz jarima to‘lashadi” sarlavhasi ostidagi xabarda aytilishicha, O‘zbekistonning to‘rt klubi – “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Nasaf” va “Sho‘rtan” bittadan uchrashuvda o‘yin diskini OFK qarorgohiga yubormagani uchun 5000 dollardan jarimaga tortilgan. Jarimalarning umumiy miqdori esa 286 ming dollar.

“Interfutbol” gazetasining 2011-yil 20-may sonidan lavha

Navoiyning “Qizilqum”ida 8 o‘yin va murabbiy iste’fosi yuz bergan. Jamoadan ketgan Marat Kabayev qanday qilib murabbiy bo‘lgani-yu, qanday qilib ketgani, jamoada sodir bo‘lgan mavsumoldi ajoyibotlar haqida xabarning o‘zida aniq-tiniq aytilgan:

“Interfutbol” gazetasining 2011-yil 20-may sonidan lavha

Futbol afsonasi Peledan e’tiborga molik fikr: “Muxlislar futbolchilarni solishtirishni yaxshi ko‘rishadi. Lekin ular hamisha Kroyff, Platini va Di Stefanolarni unutib qo‘yadilar. Ushbu futbolchilar hozirgi Messidan ancha kuchli bo‘lishgan”.

“Interfutbol” gazetasining 2011-yil 20-may sonidan lavha

“Futbol-Ekspress” gazetasida chiqqan “8-turdan so‘ng savol” sarlavhali maqolada O‘zbekiston chempionatining 8-turidan keyin 8 ta savol keltirilgan. Ulardan e’tiborlisi – muxlislarning tashrifi bilan bog‘liq.

“Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 20-may sonidan lavha

Aytish lozimki, oradan 11 yil vaqt o‘tdi va bu savol hamon o‘z aktualligini yo‘qotmagan.

“Afrika Blatter uchun ovoz beradi” sarlavhali xabarda aytilishicha, 1-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan FIFA prezidentligi saylovida Afrika futbol konfederatsiyasi Zepp Blatterni qo‘llab-quvvatlaydi.

“Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 20-may sonidan lavha

Avvalroq, Angliya futbol assotsiatsiyasining Blatterga ham, OFK prezidenti Muhammad bin Hammamga ham saylovlarda ovoz bermasligi, shuningdek, Okeaniya Futbol Konfederatsiyasi saylovda Blatterni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgani haqida yozgan edik.

“Barselona”ning eng og‘ir bosiq bo‘lgan yarim himoyachisi Serxio Buskets Marseloga nisbatan irqchilik qilgani uchun sal qolsa YCHL finalidan quruq qolib ketishi mumkin edi. Ammo UEFA ijroiya qo‘mitasi ispaniyalik futbolchining aybini isbotlaydigan dalillar topa olmagan.

“Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 20-may sonidan lavha

Yevropa Ligasida “Portu” chempion! Radamel Falkao finalda gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minlagan, shuningdek, turnir to‘purari ham bo‘lgan.

“Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 20-may sonidan lavha