Mercedes-AMG bo‘linmasi Hartan brendi bilan hamkorlikda bolalar uchun mo‘ljallangan premium aravachani taqdim etdi.

Foto: Auto.Hindustan Times

Aravacha va u bilan bitta jamlanmadan o‘rin olgan sumka qizil naqshlarga ega tabiiy qora charmdan ishlangan. Ularning ichki qismi Mercedes-AMG sportkarlari o‘rindiqlarini tayyorlashda foydalaniladigan Dinamica mikrotolalari bilan qoplangan. Aravachani ko‘plab AMG logotiplari bezab turadi va unga AMG Limited Edition yozuvi tushirilgan cheklangan seriyadagi “tablichka” ilinadi.

Foto: Auto.Hindustan Times

Mercedes muhandislar aravachaga moslashuvchan g‘ildirak va “podveska” o‘rnatgani sabab, kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ota-onalar uni “istalgan yuzada” sudray oladi. Mercedes-AMG GT modelining g‘ildiraklar diskasi dizayni markaning haqiqiy avtomobili g‘ildiragi kabidir. Aravachaning asosini alyuminiyli rom tashkil etadi, ko‘p nuqtali xavfsizlik kamari mavjud va transformatsiya uchun ko‘plab imkoniyatlar bor.

Foto: Auto.Hindustan Times

Mercedes-AMG GT aravachalari 299 nusxada ishlab chiqariladi, ularning narxi hozircha oshkor etilmagan.

Foto: Auto.Hindustan Times

Avvalroq Mercedes-Benz dunyodagi eng qimmat avtomobilini yashirin ravishda sotib yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi.