2022-yilning iyun oyi oxirlarida Las-Vegasda Londondagi Vanden Plas kompaniyasiga tegishli hashamatli Princess Limousine limuzini kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Noyob avtomobil 1965-yilda Buyuk Britaniya qirollik oilasining buyurtmasiga asosan Yelizaveta II ning Yamaykaga tashrifi uchun yasalgan. Muhim mehmon orolni tark etgach, avtomobil mamlakat hukumati xizmatiga topshirilgan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Vanden Plas Princess Limousine

To‘rt eshikli Princess Limousine olti o‘rindiqqa ega bo‘lib, ularning to‘rttasida yig‘iladi. Yelizaveta II Yamaykani tark etgach, limuzindan orol gubernatori rasmiy safarlar uchun foydalangan. Avtomobil xizmatini o‘tab bo‘lgach, restovratorlar qo‘liga topshirilgan va uning kuzovi to‘liq bo‘yalgan, shuningdek, charm saloni, interyerining yog‘ochli qoplamalari qayta tiklangan.

Restavratsiyadan so‘ng barcha shtat agregatlari o‘z raqamlarini saqlab qolgan. Limuzin kapoti ostidan olti silindrli Austin motori o‘rin olgan bo‘lib, u to‘rt pog‘onali mexanik transmissiya yordamida boshqariladi.

Model jamlanmasidan gidrokuchaytirgichli rul, konditsioner va yig‘iladigan tom kiradi. Qirollik limuzinining boshlang‘ich narxi savdolar kuni oshkor etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning iyulida malika Diananing shaxsiy avtomobili auksionda kutilganidan ham qimmatroqqa sotilgandi. O‘shanda 1981-yilgi Ford Escort Ghia xetchbeki 47 ming funt sterling evaziga yangi egasini topgan.