So‘nggi yillarda Amerikalik xonanda Jastin Timberleykning musiqiy karyerasida biroz sustlik kuzatildi. Musiqachi deyarli to‘rt yil davomida albom chiqarmadi va ko‘pchilik hatto qo‘shiqchidan yangiliklar kutishni to‘xtatdi. Ammo u o‘zini odamlarga eslatishga qaror qildi, lekin ijodkorligi bilan emas, deb yozadi People Talk.

Foto: The City

The Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, Jastin Timberleyk o‘zining aksariyat treklariga bo‘lgan huquqlarni Hipgnosis Song Management investitsiya kompaniyasiga sotmoqda. Nashrga ko‘ra, musiqachi 100 million dollarlik shartnoma imzolagan. U o‘zining eng mashhur taronalariga mualliflik huquqlarni kompaniyaga topshiradi: “Cry Me a River”, “My Love”, “What Goes Around”, “Can’t Stop The Feeling” va boshqalar.