Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Aktrisa Feruza Sobitova “Parixona” serialining syomka jarayoni aks etgan suratni sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva “Artist” loyihasining “yulduzlik kasali”ga chalingan ishtirokchilariga tanbeh berdi. Xonandaning aytishicha, ushbu ishtirokchilar rejissorning qo‘ng‘iroqlari hamda SMS’lariga javob bermay, ularga nisbatan hurmatsizlik qilgan.

Sevara Nazarxon imijini o‘zgartirib, uzun sochlarini kare uslubidag qirqtirdi.

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamovning qiyinchilik bilan harakatlanayotgani aks etgan video e’lon qilindi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva Instagram’da shaxsiy sahifasini ochdi.

Foto: Instagram

Zuhra Soliyeva oshqozon kichraytirish operatsiyasidan so‘ng qanchalik ozganini aks ettiruvchi viderolikni sahifasiga joyladi.

Nilufar Usmonova onasi hamda uning turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyevning suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Shahzoda Muhammedova qizi Milana bilan birga Maldiv orollariga uchib ketdi.

Ayni paytda AQSHda bo‘lib turgan Liil Xurramov kuzatuvchilarining “Endi Amerikada yashaysizmi?” degan savoliga javob berdi.

Foto: Instagram

Fransiyaning Kann shahridan qaytgan Maryam Tillayevaga uning turmush o‘rtog‘i, bloger Amiran Sardarov Moskva aeroportida syurpriz uyushtirdi. Amiran chopon kiyib, qo‘liga “Mening lavashlarim” deb yozilgan qog‘oz bilan, karnay-surnay sadolari ostida rafiqasini kutib oldi.

Aktrisa Bahora Arslonova onasi hamda qaynonasi bilan birga tushgan surati bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Bir muddat avval san’atni tark etganini aytgan Dildora Niyozova kuzatuvchilari uchun jonli efir tashkillashtirib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Xususan, u qo‘shiq kuylashda davom etishi, biroq xizmatlarni kamaytirishi haqida gapirdi.