Amerikalik reper Dreyk 2022-yilning yanvar—may oylari yakuni bo‘yicha AQSHdagi eng mashhur qo‘shiqchiga aylandi. Bu haqda qo‘shiqlarning tinglanish statistikasini kuzatib boruvchi Chart Data ma’lumotlarida keltirilgan.

Foto: Getty Images

Loyihaning baholashicha, Dreykning qo‘shiqlari 2022-yil boshidan buyon AQSHdagi striming-servislarda 3 milliard martadan ortiq tinglangan. Ikkinchi o‘rinda 2,8 milliardlik ko‘rsatkich bilan reper YoungBoy Never Broke Again egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka Teylor Svift yakun yasagan (2,5 milliard).

Reytingning davomi quyidagicha:

  • Juice WRLD (2,2 milliard);
  • The Weeknd (2 milliard);
  • Kanye Uest (1,9 milliard);
  • Lil Durk (1,7 milliard);
  • Morgan Wallen (1,7 milliard);
  • Eminem (1,5 milliard);
  • Future (1,5 milliard).

Eslatib o‘tamiz, 15-may kuni Las-Vegasda Billboard Music Award-2022 mukofotining topshirish marosimi bo‘lib o‘tgandi. Ushbu mukofotda nominatsiyalar soni bo‘yicha Dreyk va Oliviya Rodrigo yetakchilik qilgan edi.