Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ga tegishli bo‘lgan 29 yillik Rover 827 Sterling iyun boshida auksionga qo‘yiladi. Car & Classic kimoshdi uyi savdolarni 29-may kuni kechqurun boshlagan — hozirda eng yuqori narx 5 ming funt sterling, deb xabar beradi Motor. Avtomobilning o‘ziga xosligi — Bukingem saroyiga rostdan ham tegishli bo‘lgani, original holati va muntazam texnik xizmat ko‘rsatilganida. Ko‘p masofa bosgani va yuza qismi korroziyaga uchraganini kamchiliklari qatoriga kiritish mumkin.

Foto: Carandclassic

Rover 827 Sterling birinchi bor 1993-yilda hisobga olingan bo‘lib, avtomobilga Bukingem saroyi egalik qilgan va bir yil davomida sedandan Yelizaveta II ning shaxsan o‘zi foydalangan. Oradan yillar o‘tgach, mashina Thomas Day Motors dileriga berib yuborilgan. O‘tgan 28 yil davomida Rover uch marta o‘z egasini almashtirgan.

Foto: Carandclassic

Kimoshdi uyida Rover 827 Sterling’ga ko‘rsatilgan texnik xizmatlarga oid to‘liq ma’lumot mavjud va “qirollik” sedani kolleksiyada turmagan — odometriga ko‘ra 153 ming kilometr yo‘l bosgan. Avtomobilning kuzov va salon qismi muntazam parvarish qilingan bo‘lsa-da, osti va shassisida korroziya mavjud.

Foto: Carandclassic

Rover 800-Series texnik jihatdan Honda Legend biznes-sedaniga yaqin — 827 Sterling nusxasini kapoti ostidan 170 ot kuchiga ega 2,7 litrli V6 atmosfera dvigateli o‘rin olgan. Uzatmalar qutisi — to‘rt pog‘onali avtomat, old uzatmali.

Foto: Carandclassic

Foto: Carandclassic

Foto: Carandclassic

Oddiy Rover 800-Series’lar u qadar qimmatlikka ega emas — Buyuk Britaniyada bunday nusxalar 10 ming funtdan qimmat turmaydi. Biroq mazkur modelning tarixi va texnik jihati yaxshiligi sabab xaridor uning uchun kattaroq pul to‘lashi mumkin.

Foto: Carandclassic

Foto: Carandclassic

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning iyulida malika Diananing shaxsiy avtomobili auksionda kutilganidan ham qimmatroqqa sotilgandi. O‘shanda 1981-yilgi Ford Escort Ghia xetchbeki 47 ming funt sterling evaziga yangi egasini topgan.