O‘zbekistondagi ADM Jizzakh zavodida Lada avtomobillarini to‘liq ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi sanoat va agrosanot majmuasi vaziri Artak Kamalyanga tayanib “Izvestiya” xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2021-yil oktabr oyidan boshlab zavodda Lada avtomobillarini SKD yig‘ish amalga oshirildi: Vesta, XRay, Largus. 

Endilikda ADM Jizzakh zavodida korpuslarni payvandlash va bo‘yashni o‘z ichiga oluvchi to‘liq davrali ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda ADM Jizzakh’da Lada Vesta va Lada XRay rusumli avtomobillarni ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va jihozlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Kamalyanning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Lada avtomobillarini ishlab chiqarish asosan mahalliy bozor uchun amalga oshiriladi. 

O‘zbekiston yig‘ilishi “AvtoVAZ” mahsulotlarini mahalliy xaridorlar uchun qulayroq qilishi kutilmoqda.

Avvalroq Lada Xray ishlab chiqarilishi to‘xtashi mumkinligi haqida xabar berilgandi.