Amerikalik kinoaktyor va ssenariynavis Ouen Uilsonga tegishli Tesla elektromobilining to‘rtta g‘ildiragini o‘g‘irlab ketishdi, deb xabar beradi Motor. Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, yetkazilgan zarar 4 ming dollarni tashkil etadi, ayni vaqtda politsiya o‘g‘rilarni qidirish bilan shug‘ullanmoqda.

Foto: Wikipedia

O‘g‘rilik Ouen Uilsonning Kaliforniyadagi shaxsiy uyi oldida sodir etilgan. Aktyorning aytishicha, u mashinasi g‘ildiraklarsiz qolganini erta tongda payqab qolgan. O‘tgan tun davomida jinoyatchilar elektrokarning to‘rtta g‘ildiragini yechib olib, yashiringan.

Diskalar “pokrishka”lari bilan to‘rt ming dollarga baholangan. Shu bilan birga, kinoaktyor Tesla’ning qaysi modeliga egali qilishi oshkor etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda boshpanasiz erkak Jonni Deppning Los-Anjelesdagi uyiga kirib olib, o‘ziga ichimlik tayyorlab, dush qabul qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.