Buxoro viloyati Transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Q. 350 dollar pora bilan qo‘lga tushdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning ma’lum qilishicha, u bu pul evaziga 9 ta avtotransport vositalariga yo‘lovchi tashish uchun litsenziya olib bermoqchi bo‘lgan. Pulni tadbirkordan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.