Dunyo bo‘ylab olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

Xitoyning Guanchjou akvariumidagi yashil toshbaqa.

Foto: Getty Images

Sankt-Peterburgda quyosh botishi. Suratda: Nevadagi qayiqlar.

Foto: “TASS”

Berlinda avtomobil bir guruh piyodalarni bosib ketdi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi jarohat oldi. Hodisa poytaxt g‘arbidagi Kurfurstendamm bulvari yaqinida sodir bo‘lgan. Politsiya mashina haydovchisini hibsga oldi.

Foto: Getty Images

Italiyalik maktab o‘quvchilari maktabdagi so‘nggi kunini nishonlash uchun piyodalar ko‘prigidan sakrashdi.

Foto: Getty Images

Moskvadagi Tretyakov galereyasida “Buyuk Pyotr. Hukmdorning mo‘ylovi” ko‘rgazmasi ochildi.

Foto: EPA

Turkiyaning Anqara yaqinidagi qoyalarda turgan echkilar.

Foto: Getty Images

Indoneziyalik baliqchilar Banda Acheda ov qilmoqda.

Foto: EPA

Brandenburg davlat arxeologiya muzeyida Keltlar oltin tangalari ko‘rgazmasi.

Foto: “TASS”

Nepalda uzoq Manang viloyati aholisi uchun bepul katarakta operatsiyasi o‘tkazildi.

Foto: EPA

Hindiston mudofaa vaziri Rajnat Singx Vyetnamga tashrif buyurdi.

Foto: EPA

Primorsk o‘lkasidagi Severniy burni qoyalarida yotgan tyulenlar.

Foto: “TASS”