Urushning 106-kunida Donetsk xalq respublikasi sudi uch nafar chet ellik mahbusni (ikki nafari britaniyalik va bir nafari marokashlik) Ukraina tomonida jangovar harakatlarda qatnashgani uchun o‘limga hukm qildi. Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikovning aytishicha, har kuni frontda Ukraina qurolli kuchlaridan 100 ga yaqin kishi halok bo‘lmoqda, 500 nafargacha askar yarador bo‘lmoqda. DXR esa Slavyansk uchun janglar boshlangani haqida xabar qildi. Meduza 9-iyunning asosiy suratlarni jamladi.

Nikolayev

Nikolayev aholisi ichimlik suv uchun navbatda turibdi. Nikolayev viloyati ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim viloyatdagi shahar va aholi punktlari Rossiya tomonidan muntazam ravishda o‘qqa tutilayotgani va hujum xavfi saqlanib qolayotganini aytdi.

Foto: Reuters

Donetsk

Britaniyalik Eyden Eslin, marokashlik Saadun Bragim va yana bir britaniyalik Shon Pinner, ular “Ukraina qurolli tuzilmalari tarkibida yollanma askar sifatida jangovar harakatlarda qatnashgani” uchun tan olinmagan DXR rasmiylari tomonidan o‘lim jazosiga hukm qilindi. Darhaqiqat, uchalasi ham bir necha yil Ukrainada yashab, shartnoma asosida Ukraina Qurolli kuchlarining oddiy bo‘linmalarida xizmat qilgan, Eslin esa Ukraina fuqarosi hisoblanadi.

Foto: “TASS”

O‘qqa tutishlarda halok bo‘lgan rafiqasining jasadi ustida yig‘layotgan erkak.

Foto: “TASS”

Xarkov

Rossiya qo‘shinlari hujumidan so‘ng Xarkovning xususiy sektoridagi uy yonmoqda.

Foto: Reuters

Xarkovda ukrainalik qutqaruvchilar Rossiya snaryadi portlagan joydan avtomobilni olib chiqmoqda.

Foto: Reuters

9-iyun kuni Rossiya qo‘shinlarining Xarkovga raketa hujumi oqibatida kamida 3 nafar tinch aholi halok bo‘ldi.

Foto: Reuters

Donbass shimoli

Severodonetskda front chizig‘idagi yo‘l bo‘yida halokatga uchragan mashinalar. Shahar uchun shiddatli janglar davom etmoqda.

Foto: AP Photo

Ukraina Qurolli Kuchlarining askarlari Severodonetsk frontida dron yordamida Rossiya pozitsiyalarini kuzatmoqda.

Foto: AP Photo

Dronni boshqarish.

Foto: AP Photo

Ukrainalik askar Severodonetsk frontidagi jangda jangovar pozitsiyani egallab turibdi.

Foto: AP Photo

Donbassdagi Nyu-York qishlog‘i yaqinida Ukraina Qurolli Kuchlarining pulemyotchisi.

Foto: Reuters

Nyu-York qishlog‘i chetida Ukraina armiyasining harbiy xizmatchilari.

Foto: Reuters

Rossiya tomonidan o‘qqa tutishlar paytida halok bo‘lgan tinch aholining jasadlari Lisichansk chekkasidagi ommaviy qabrda. Rossiya va LXR vakillari hademay shaharni shturm qilishi haqida e’lon qildi.

Foto: AFP

Slavyanskdan tinch aholini evakuatsiya qilish jarayoni. Ayni damda shahar uchun kurash boshlangan.

Foto: AFP

Lisichanskda ona-bola evakuatsiya avtobusini kutmoqda.

Foto: AFP