Dunyo bo‘ylab olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

Angliyaning Veymut plyajidagi chag‘alaylar.

Foto: Getty Images

Ekvadordagi tub aholining noroziligiga talabalar qo‘shildi.

Foto: EPA

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron NATOning Ruminiyadagi bazasiga keldi.

Foto: EPA

Shanxayda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun ochilgan deyarli barcha vaqtinchalik shifoxonalar yopiladi.

Foto: EPA

Parijda Eurosatory xalqaro mudofaa va xavfsizlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Getty Images

Bavariyadagi ko‘l yaqinida sayr qilib yurgan odamlar.

Foto: Getty Images

Kuchli yomg‘ir tufayli AQShning Montana shtatidagi Yelloustoun daryosida suv sathi rekord darajaga yetdi. Yelloustoun milliy bog‘iga barcha kirishlar 34 yil ichida birinchi marta yopildi.

Foto: “TASS”

Ispaniyada jazirama kuzatilmoqda.

Foto: “TASS”

Indoneziyalik rassom Germaniyaning Kassel shahridagi zamonaviy san’at ko‘rgazmasida matbuot anjumanida nutq so‘zlamoqda.

Foto: EPA

Sankt-Peterburgda xalqaro iqtisodiy forum bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirning asosiy mavzusi “Yangi dunyo – yangi imkoniyatlar”.

Foto: “TASS”