Urushning bir yuz o‘n uchinchi kuni o‘tmoqda. 15-iyun kuni Dmitriy Medvedev “Ukrainaning ikki yildan keyin jahon xaritasida mavjud bo‘lishiga” shubha bildirdi. Vladimir Putin Rossiya qo‘shinlarining 239-polkini mukofotladi. Polk Ukraining Bogdanovka qishlog‘ini okkupatsiya qilish vaqtida sodir etilgan qotillik va zo‘ravonliklarga aloqador bo‘lishi mumkin. Ukraina Qurolli kuchlari general-mayori Dmitriy Marchenkoning aytishicha, Ukraina G‘arb va’da qilgan qurollarni olganidan keyin, Qrim ko‘prigi “birinchi raqamli nishon”ga aylanadi. Berdyanskda rossiyalik “jangchi-xaloskor” yodgorligini o‘rnatish rejalashtirilmoqda, Kiyev viloyatida esa odamlar temiryo‘l vagonlarida yashashga majbur bo‘lmoqda. Donbass shimolida shiddatli janglar davom etib, odamlar halok bo‘lmoqda. Meduza urushning bir yuz o‘n ikkinchi kuniga oid fotosuratlarni jamladi.

Berdyansk

Berdyansk bog‘ida “rossiyalik xaloskor” haykalini o‘rnatish rejalashtirilgan joy. Shahar Rossiya armiyasi nazorati ostida.

Foto: AP Photo

Kiyev viloyati

Kiyevga yaqin Lipovka qishlog‘idagi yo‘l bo‘yida ishdan chiqqan rus tanki. Aprel oyi boshida Ukraina Qurolli kuchlari ushbu hududlar ustidan nazoratni tikladi.

Foto: AP Photo

15-iyul kuni Ukraina temiryo‘llari Rossiya hujumi tufayli uysiz qolgan fuqarolar uchun Irpen shahrida vaqtinchalik yashash joyi sifatida “Temir shaharcha”ni ochdi. Vagonlarga kiraverishda yashil formadagi “konduktorlar” turadi.

Foto: Getty Images

“Temir shaharcha”da yashayotgan Mariya Morgun.

Foto: Getty Images

“Temir shaharcha”da yashayotgan Vaseliy Morgun.

Foto: Getty Images

“Temir shaharcha”da yashayotgan Mariya Muzik.

Foto: Getty Images

Ukraina Qurolli kuchlarining zaxiradagi askarlari Kiyevdagi bazasida tushlik tayyorlamoqda. 5-iyun kuni Kiyev aprel oxiridan beri birinchi marta raketadan o‘qqa tutildi. 10-iyun kuni u yerda havo trevogasi e’lon qilindi.

Foto: Sopa Images

Ukraina ichki ishlar vaziri Denis Monastyrskiy harbiylarni medallar bilan taqdirladi. Jumladan, favqulodda vaziyatlar xizmatlari, militsiya va chegarachilar urush mobaynida ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun taqdirlangan. Mukofotlanganlardan ba’zilari jiddiy jarohatlar olgan.

Foto: Getty Images

Donbass shimoli

Ukraina armiyasining vertolyotlari Lugansk viloyatining Lisichansk tumanida. Rossiya Severodonetskni egallashga urinib, hududdagi Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalarini o‘qqa tutishda davom etmoqda.

Foto: Anadolu

Ukraina harbiylari Fransiyaning “Sezar” o‘ziyurar artilleriya qurilmasidan Rossiya pozitsiyalariga qarata o‘t ochmoqda.

Foto: AFP

Dobropolyeda vayron bo‘lgan uy hovlisidagi kishi. 13-iyundan 14-iyunga o‘tar kechasi rus qo‘shinlari shaharni o‘qqa tutdi. Bir kishi halok bo‘ldi, uchta uy butunlay, 29 tasi esa qisman vayron bo‘ldi.

Foto: AFP

Dobropolyedagi qulagan uylar orasidan velosipedda o‘tayotgan qiz.

Foto: AFP

Ukraina maxsus kuchlari Donetsk viloyatida rus qo‘shinlari o‘tadigan o‘rmondagi yo‘lni minalamoqda.

Foto: AP Photo

Severodonetsk aholisi harbiy belgilar qo‘yilgan mashinalarda shahar tashqarisiga olib ketilmoqda. Bu shaharning LXR tomonidan turib olingan ilk fotosuratlari. Rossiya armiyasi Lugansk viloyatida janglarni davom ettirmoqda va Severodonetskni nazorat ostiga olishga harakat qilmoqda. Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy shaharni Lugansk viloyatidagi mudofaa operatsiyalari tizimining asosiy nuqtasi deb atadi.

Foto: “TASS”

Severodonetsk aholi shahardan evakuatsiya qilinishga hozirlik ko‘rmoqda.

Foto: “TASS”

Severodonetskdagi turar joy binolari. Shaharda hanuz tinch aholi bor, yuzlab odamlar “Azot” zavodida qamalda qolgan. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina tomonini u yerdan tinch aholini evakuatsiya qilish bo‘yicha gumanitar operatsiyani to‘xtatib qo‘yganlikda aybladi.

Foto: “TASS”