Urushning bir yuz o‘n uchinchi kunida Yevropaning to‘rt davlati Fransiya, Germaniya, Italiya va Ruminiya rahbarlari rasmiy tashrif bilan Kiyevga keldi. AQSH hukumati Ukraina tomonida jang qilayotgan uch nafar amerikalik yo‘qolganini ma’lum qildi. Lisichansk uchun shiddatli janglar davom etmoqda. Meduza 16-iyun kuni olingan asosiy fotosuratlarni jamladi.

Donbass shimoli

Ukraina qurolli kuchlari askarlari Donetsk viloyati, Marinka shahri ko‘chalarida. Shahar Donetskning g‘arbiy qismidagi front chizig‘ida joylashgan va 2015-yilda urushning eng dastlabki bosqichlarida katta zarar ko‘rgan.

Foto: Reuters

Lisichanskdagi xarobalar orasida to‘kilgan qon. Shahardan Bahmutgacha bo‘lgan magistralda og‘ir janglar bo‘lib o‘tmoqda, Lisichansk rus qo‘shinlari tomonidan doimiy ravishda o‘qqa tutilmoqda.

Foto: AP Photo

Politsiya zobiti Marinkadagi tinch aholini evakuatsiya qilish paytida bomba boshpanasida hech kim qolib ketmaganini tekshirmoqda.

Foto: Reuters

Lisichanskda havo trevogasi chalinmoqda.

Foto: AP Photo

Lisichanskda suv uchun navbat. Doimiy o‘qqa tutishlar oqibatida shaharda fuqarolik infratuzilmasi, jumladan, suv ta’minotiga zarar yetgan.

Foto: Reuters

Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-25 samolyoti Donetsk viloyati uzra pastlab uchmoqda.

Foto: Getty Images

Ukraina Qurolli Kuchlarining askarlari Kramatorskdagi skameykada. Slavyansk-Kramatorsk shahar aglomeratsiyasi Rossiya qo‘shinlarining asosiy nishonlaridan biridir. Donbass uchun kurash davom etmoqda.

Foto: Anadolu

Kiyev viloyati

Ukraina va Fransiya prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Emmanuel Makron Fransiya, Germaniya, Italiya va Ruminiya yetakchilarining Ukrainaga tashrifi yakunlari bo‘yicha qo‘shma matbuot anjumanidan so‘ng quchoqlashmoqda.

Foto: Reuters

Ukraina Milliy gvardiyasi askarlari fevral oyi oxirida Kiyev yaqinida urib tushirilgan Rossiyaning Mi-35 vertolyoti bo‘lagini suvdan tortib olmoqda.

Foto: Reuters

Xarkov viloyati

Xarkov yaqinidagi Rossiya bosqinidan ozod qilingan qishloqda snaryad bilan vayron qilingan yo‘l. Xarkov viloyatining bir qismi ishg‘ol ostida qolmoqda, Xarkov va uning atrofi doimiy o‘qqa tutilmoqda. Amnesty International Rossiyani Xarkov viloyatidagi aholi punktlarini kassetali o‘qlar bilan doimiy o‘qqa tutgani uchun harbiy jinoyatlarda aybladi.

Foto: Reuters

Ukraina kuchlari tomonidan qaytarib olingan hududlardagi yonib ketgan mashina.

Foto: Reuters

Xarkov yaqinidagi ilgari okkupatsiya qilingan qishloqda granata qoldig‘i.

Foto: Reuters

Xarkovda Ukraina Qurolli kuchlarining askari Rossiya kuchlari tomonidan o‘t ochilayotgan paytda xavfsiz joyga yugurmoqda.

Foto: Reuters