Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir beqiyos ustozligicha qolaveradi.
O‘zbekiston va jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. O‘n yillar muqaddam aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, ushbu voqea-hodisalarga jamoatchilikning munosabati qanday edi — bari “Kun matbuoti tarixi” rukni materiallarida.
Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.
90 yil avval. 1932-yil 18-iyun, shanba
O‘zbekiston Oliy sudi sobiq prokurori Shamsi Badriddinovga qarshi sud yakuniga yetgan. Sud Badriddinovni otuvga hukm qilgan, ammo “Sho‘ro Ittifoqidagi va uning ichiga kirgan birodarlik O‘zbekiston jumhuriyatidagi kuchli sotsializm qurilishini, undagi ishchilar va kolxozchi dehqonlar quvvatli ko‘tarilish bilan, industrilash va kollektivlashuv asosida besh yillikning so‘nggi yilidagi qiyinliklarini muvaffaqiyatli ravishda yengayotganlarini, paxta mustaqilligi uchun muvaffaqiyatli kurashayotganlarini, imperialist aksilinqilobining asosiy kadrlari ham jisman va ham ruhan tor-mor keltirilganini e‘tiborga olib”, sud Badriddinovga nisbatan chiqarilgan otuv hukmini 10 yillik qamoq bilan almashtirish haqida qaror chiqargan.
“Qizil O‘zbekiston”da ishchi-dehqon muxbirlarning xabarlaridan iborat butun boshli sahifa e‘lon qilingan. Shunday muxbirlardan birining xabari:
Kommunistik partiyaning Moskva shahri bo‘yicha qo‘mitasi ikkinchi kotibi Nikita Xrushchyov zayomga yozilish plani qanday bajarilayotgani haqida SSSR rahbari Stalinga hisobot bermoqda (oradan 30 yil o‘tib, Xrushchyov deyarli har chiqishida Stalinni yomonlaydi):
60 yil avval. 1962-yil 18-iyun, dushanba
1962-yil 18-iyun kuni O‘zbekistonda markaziy gazetalar chop etilmagan.
30 yil avval. 1992-yil 18-iyun, payshanba
O‘zbekistondagi og‘ir iqtisodiy ahvolga qaramay, Toshkentda to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkent xalqaro kinofestivalini o‘tkazishga qaror qilingan (qizig‘i, avvalgi 10 ta festivalning birortasida O‘zbekiston filmi qatnashmagan ekan):
Mingbuloqdagi neft koni haqida aholi orasida tarqalgan “neft tugabdi”, “neft qochib ketibdi” kabi mish-mishlarga navbatdagi raddiya:
Hojilar Haj safaridan qaytishni boshladi. Ular orasida O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov ham bor. U o‘z taassurotlarini “Toshkent oqshomi” gazetasi bilan bo‘lishgan:
Qashqadaryolik payvandchilar Qarshi shahridagi ma‘muriy binolardan birining yonidagi ulkan “KPSS XXVII syezdi qarorlari hayotga” degan, quvurlardan yasalgan yozuvni parchalab, undan pechka yasay boshlashgan:
Dunyoda nima gap? Afg‘onistonning sobiq prezidenti Najibulloni afv etishmoqchi emas, Donetskdan haydalgan mingdan ortiq fohishalar esa Qrim tomon yurish boshlagan.
Chexiya va Slovakiya rahbarlari Chexo-Slovakiya federatsiyasini alohida-alohida davlatga ajratish bo‘yicha muzokaralarni boshlagan:
Mavzuga doir:
- O‘zbekiston militsiyasidan norozilar uchun yashchik, boyligi sabab sud qilingan toshkentlik Rabinovich, Turkmanboshining tekin elektr va gaz haqidagi e’loni. O‘zbek matbuoti 17-iyunda nimalar haqida yozgan?
- Shavkat Mirziyoyevning tuman hokimi sifatidagi hisoboti, Botir Zokirovga mahliyo Moskva, “konstitutsiya hozir qayta ko‘rib chiqilishga muhtoj”. O‘zbek matbuoti 15-iyunda nimalar haqida yozgan?
- Qo‘qonda duv-duv gap, 3-11 yoshli bolalarni “ishlatgan” kolxoz, “bir gramm ham pilla xususiylarga ketmasin!” O‘zbek matbuoti 14-iyunda nimalar haqida yozgan?
Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e‘lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi