Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda voyaga yetmagan ikki bola qasddan o‘ldirilib, o‘zi yashayotgan xonadonga ko‘milgani haqida xabar tarqaldi. Andijon viloyati prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, Andijon shahar Zafar ko‘chasi 4-uyda yashab kelgan voyaga yetmagan S.O‘. va R.O‘.ning jasadi yashash xonadonidan qotillik alomatlari bilan topilgan. Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan o‘tkazilmoqda.

Tergov harakatlari shaxsan viloyat prokurori tomonidan nazoratga olingan.