Bu yangilikdan keyin Beyonsening muxlislari xursand bo‘lishi tabiiy. R and B malikasi sahnaga qaytmoqda, chiroyli hamda baland ovoz bilan. Xonanda 6 yil ichida birinchi marta yangi albomining chiqarishini e’lon qildi va Britaniyaning Vogue jurnali uchun suratga tushdi, deb yozadi People Talk.

Foto: Pinterest

2022-yil 29-iyul kuni Beyonse Renaissance nomli albomini chiqaradi. Musiqachining sodiq tinglovchilari va muxlislari bu daqiqani intiqlik bilan kutmoqda. Beyonsening suratga tushish ko‘lami va manzarasidan ma’lumki, u muxlislar uchun kutilmagan narsalar tayyorlamoqda.

Foto: People Talk

Beyonsening o‘zi ushbu albomning yaratilishiga qisman koronavirus pandemiyasi ta’sir qilganini ma’lum qilgan. Ammo u har bir kompozitsiya ustida yaxshiroq ishlashi uchun ko‘proq vaqtga ega bo‘lgan va natijadan to‘liq qoniqqan.