Yangi zelandiyalik Patrik Suddabi va Tayson Adams O‘zbekistonda sakkiz hafta davomida bug‘doy va arpa o‘rib, uyda ishlab topganidan ikki baravar ko‘p daromad oldi.

Foto: Supplied

Ular xuddi shunday ishlarni Shotlandiya va Avstraliyada, shuningdek, Yangi Zelandiyada qilgan.

O‘zbekiston noyob joy. Avvaliga bu yerga kelaman deganimda rafiqam va oilam menga ishonadi deb o‘ylamagan edim, — deydi janob Adams.

Shaxsiy xavfsizlik dastlab janob Adams uchun tashvish edi. Ammo hozirda u bilan 24/7 soat qo‘riqchi birga yurmoqda. 

Sakkiz hafta davomida oilani tark etish juda qiyin ish, lekin xotinim, bolalarim va men — hammamiz bunga o'rganib qolganmiz. Men ko‘p yuk mashinalarini haydab ketaman, shuning uchun biz buni hal qila olishimizni bilardik, — deydi Patrik Suddabi.

Ular kichikroq uyda yashaydi va ishga olib boradigan haydovchisi ham bor. Haydovchi Adams va Sunnabini uyga qaytib borish uchun kun bo‘yi u yerda kutadi.

Ukrainadagi urush aslida ancha uzoqda va hech kim bundan juda xavotirda emas, — deydi Tayson Adams.

Adams Suddabi shtab-kvartirasi Singapurda joylashgan va 5 000 kishini ish bilan ta’minlaydigan Indorama Agro kompaniyasida ishlaydi.

Kompaniya O‘zbekiston hukumatidan 50 ming gektar yerni ijaraga oladi. Shundan 25 ming gektariga arpa va bug‘doy, qolgan qismiga paxta ekiladi. 

Maydonlar 15 gektardan 50 gektargacha bo‘lgan maydonni egallaydi va xodimlar juft bo‘lib ishlaydi.

Adams va Suddabidan tashqari bu yerda irlandlar, britaniyaliklar va hindistonliklar bor. Ularning xo‘jayini amerikalik Nik Lundi Singapur kompaniyasida 4 yildan beri ishlaydi. 

O‘zbekiston xorijliklarni ish bilan ta’minlay boshladi, chunki hosilning 25 foizga yaqini mahalliy kombayn haydovchilari tomonidan o‘g‘irlangan edi, — deydi Patrik.

Kunlar issiq bo‘lishiga qaramay, ishchilar sharoitlari juda yaxshi ekanligini aytishmoqda. Ularga har kuni uch marta issiq ovqat yetkazib beriladi.

Ularga mahalliy ovqatlarga ko‘nikish uchun bir oz vaqt kerak bo‘ldi, lekin hozir unchalik ham qiynalishmayapti. 

Bu yerda aholi negadir hech qayerga shoshmaydi. Agar texnika buzilib qoladigan bo‘lsa ular ancha payt buni muhokama qiladi. Undan ko‘ra tuzatishga harakat qilish mumkin, — deydi janob Suddabi.

Adams va Suddabi bu yerdagi aholi kichik loy kulbalarda bir nechta chorva mollariga bog‘langan holda yashashini aytgan. 

Yangi Zelandiya qishloqlarida ahvol juda ham yaxshi. Bu yerdagi vaziyat bizni ko‘p narsalarni qadrlashga o‘rgatyapti. — deydi ular.

Avvalroq O‘zbekiston Markaziy Osiyoda eng yirik bug‘doy iste’molchisi bo‘lgan edi.