Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan To‘palang suv ombori to‘g‘oni yorilib ketgani va natijada atrofni suv bosgani haqida xabarlar tarqalgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi suv omborining mustahkamligiga ziyon yetmagani, ayni vaqtda chiqarilayotgan suv hajmini kamaytirish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. “O‘zbekgidroenergo” modernizasiya loyihasi doirasida sinov ishlari olib borilayotgan bosimli suv quvuri to‘sini shikastlanib, qo‘shimcha 40 metr kub/soniya atrofida suv miqdori GES binosi orqali chiqqanini bildirdi.

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov suv omboridagi holat yuzasidan aholiga murojaat bilan chiqdi. U Sariosiyo tumanidagi To‘palang suv omborida bo‘lib, haqiqiy holatga izoh berib, vahimaga o‘rin yo‘qligini ta’kidlagan.

O‘zbekistonliklar To‘palang suv omborida sodir bo‘lgan holatga qanday munosabat bildirdi? “Daryo” jamoatchilik tomonidan aytilgan fikrlarni bir joyga to‘pladi.

Rostini aytinglar, Sardobadagi laqqa baliqlarni kim To‘palangga tashlagandi?!

Muslim Mirzajonov, jurnalist

– Mana, qaragin: bu yerga biz suv ombori quramiz, keyin sizlar mana bu tomonidan kelib dambani teshasizlar...

#4ungalla4und)

“TiliG‘irrom” Telegram kanali

40 kub metr soniyasiga chiqqandir. Shunchagina suv chiqsa, unaqa oqmasligi kerak edi. 40 kub 40 tonna hajmdagi suv degani.

Suv oqishi esa 40 tonnaga hecham o‘xshamaydi-da.

Tolib Rahmatov, jurnalist

“Yana laqqa baliqlar aybdor bo‘lib chiqadi”

Yana laqqa baliqlar aybdor bo‘lib chiqadi.

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan To‘palang GESda suv toshib ketgan.

Sardoba suv omborini ham “To‘palang”dagilar qurgan va suvdan quruq chiqqan edi.

“Troll.uz” Telegram kanali

“Bo‘ldi-da endi”

Butun O‘zbekistonni suvga g‘arq qilib yubormaguncha ishdan ketmaydi, shekilli, bu Sanginov deganlari... Bo‘ldi-da endi... Hali Sardobaning yurakni suv bilan bosgan alamlari qurigani yo‘q. Endi bunisi.

Nurbek Alimov, bloger

“Ishonchdan chiqish yomon narsa-da”

To‘palang suv omborida mashnaqa holat ekan.

O‘zbekgidroenergo vahimaga o‘rin yo‘q deb munosabat beribdi.

Endi odam havotirga tushadi-da, gidroenergiyachilar. Axir bu O‘zbekgidroenergo, axir bu To‘palang, axir bu Sanginov! Ishonchdan chiqish yomon narsa-da.

Bahodir Ahmedov, bloger

“Odamlarni tinchlantirish har doim shunday bo‘lishi, shu darajada bo‘lishi kerak”

2021-yil yanvarida Sirdaryoda vahimali mish-mish tarqalgan: Tojikistondagi Qayroqqum suv ombori yorilib ketibdi, suvi Sirdaryo viloyatiga bosib kelayotganmish. Bir-ikki kishi hazillashib (ular keyinchalik sudlandi ham shekilli), qaysidir tarmoqqa shu gapni qo‘yib yuborgan. Qayroqqumdan suv toshib chiqayotganini tasdiqlovchi biror video ham, surat ham bo‘lmagan. Sardoba falokatining xotirasi hali esdan chiqib ulgurmagani uchun odamlar yarim kechasi uylarini tashlab, ommaviy ravishda Toshkent yo boshqa xavfsiz tomon harakatlana boshlagan.

Xullas, dahshatli vahima. Tasavvur qiling, yuzlab mashinalar ko‘chalarni to‘ldirib, ma’lum bir yo‘nalish bo‘ylab harakatlanmoqda. Shunday vaziyatda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev odamlarning oldiga o‘zi chiqib, hammani uy-uyiga qaytishga chaqirgan, vahimaga, xavotirga hech qanday o‘rin yo‘qligini odamlarga aytgan. Toshkentdagi mas’ullar esa yarim tun bo‘lishiga qaramay, OAVlarni ishga solib, sirdaryoliklarni xotirjam qiladigan ma’lumotlarni tezkorlik bilan bergan.

Odamlarni tinchlantirish, menimcha, har doim shunday bo‘lishi, shu darajada bo‘lishi kerak. Sirdaryodagi o‘sha vahimadan farqli o‘laroq, bugun birinchi tarqalgan videolarda to‘g‘onga o‘xshash joydan toshib chiqib suv atrofni to‘ldirganini ko‘rish mumkin edi — bunaqangi manzara, albatta, o‘sha yerda yashayotgan aholini vahimaga soladi. Tayinli axborot bo‘lmagani uchun, odamlarni xotirjamlikka chaqirishi mumkin bo‘lgan shaxslarning bayonoti yo‘qligi uchun ham aholi yo‘q xavfdan tartibsiz qocha boshlaydi.

Haliyam bo‘lsa, bir muncha tinchlantiradigan axborotlar, bayonotlar berildi, yaxshiyamki, elektr ta’minotida joyida, aloqa uzilmagan. Hamma balo bir bo‘lib kelsa, Buxorodagi kabi holat takrorlanishi ham hech gap emasdi. Bu keysda axborotni yetkazish bilan bog‘liq boshqa masalalar ham bor, albatta.

Muhrim A’zamxo’jayev, jurnalist

“Sanginovlar sulolasi qachondir bo‘lib o‘tayotgan ishlarga javob berarmikan?”

Xurshid Daliyev, jurnalist

Twitter foydalanuvchilari ham holat bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi.

Foto: Twitter