Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir beqiyos ustozligicha qolaveradi.

O‘zbekiston va jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. O‘n yillar muqaddam aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, ushbu voqea-hodisalarga jamoatchilikning munosabati qanday edi — bari “Kun matbuoti tarixi” rukni materiallarida.

90 yil avval. 1932-yil 22-iyun, chorshanba

“Qizil O‘zbekiston” gazetasida bosilgan “Jiddiy e’tibor kerak” xabaridan parcha: “Sariosiyo rayonida partiya maorifi haqida hech qanday ish qilingani yo‘q. Rayonda bo‘lgan partiya, komsomol a’zolarining ko‘pchiligi savodsizlikdan qutulgan emas... Savodsizlikni bitirish, siyosiy to‘garak ochish to‘g‘risida rayon bo‘yicha hech qanday harakat yo‘q”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 22-iyun sonidan lavha

“Yakkabog‘da kolxoz savdosi yo‘q” xabaridan parcha: “To‘g‘risini aytganda, Yakkabog‘ rayoni bo‘yicha hech qanday kolxoz go‘sht do‘koni ochilgani yo‘q. Ahvollarni tezdan tuzatib, bu ishga sovuq qaragan shaxslarni mas’uliyatga tortish zarur”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 22-iyun sonidan lavha

“Pichan o‘rishni esdan chiqardilar” xabaridan parcha: “Sirdaryo, Norin va Qoradaryo nahrlarining bo‘yida 3000 gektar pichanzor bor. Bu yerlarda pichanning yaxshi bo‘lishi uchun 5-iyungacha o‘rib olishga imkoniyat bor edi. Vaholanki, mazkur muhlatgacha pichanzorlarning to‘rtdan bir qismi ham o‘rib olingani yo‘q”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 22-iyun sonidan lavha

Xullas, 1932-yilda shunday — yo‘q, yo‘q, yo‘q.

60 yil avval. 1962-yil 22-iyun, juma

21-iyun kuni Toshkentdagi Chig‘atoy qabristonida akademik Habib Abdullayevning dafn marosimi bo‘lib o‘tgan:

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 22-iyun sonidan lavha

O‘zbekiston rahbariyati akademikning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilgan:

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 22-iyun sonidan lavha

Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘istondagi qahramon onalar (ro‘yxatning boshi bu yerda):

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 22-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 22-iyun sonidan lavha

Dunyoda nima gap? AQSH kosmosda yana bir yadroviy portlashni amalga oshirgan, Berlinda esa Sharqiy Germaniya politsiyachisi G‘arbiy Germaniya agenti tomonidan otib o‘ldirilgan (oradan yillar o‘tib, aslida uni Sharqiy Germaniyadan qochayotganlar otib ketgani aytiladi):

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 22-iyun sonidan lavha

30 yil avval. 1992-yil 22-iyun, dushanba

Prezident Islom Karimov Janubiy Koreyadan so‘ng Malayziya va Indoneziyaga tashrif buyurgan:

“Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 22-iyun sonidan lavha

Toshkent maktablarida bitiruv oqshomlari (so‘nggi qo‘ng‘iroq bir oy avval chalingan):

“Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 22-iyun sonidan lavha

“Toshkent oqshomi” gazetasida “el og‘ziga tushgan yosh xonanda” Avazbek Olimov bilan intervyu e’lon qilingan:

“Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 22-iyun sonidan lavha

Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi