“Laskoviy may” guruhi solisti Yuriy Shatunov vafot etgani haqida xabar berilgandi. Qo‘shiqchining o‘limidan oldingi so‘nggi holati tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Videoda qo‘shiqchining do‘stlari uni yaqin oradagi kasalxonaga olib kelishgani aks etgan. U yerdan Shatunov tez yordam mashinasida Domodedovo kasalxonasiga olib ketilayotganda vafot etgan.

Kecha ommaviy axborot vositalarida Yuriy Shatunovning prodyuseri Andrey Razinga qarshi sudda g‘alaba qozongani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Shatunov qo‘shiqlarga bo‘lgan huquqlar bo‘yicha prodyuserini sudga bergandi. Sud bu da’vo bo‘yicha Yuriy Shatunov haq ekani bo‘yicha hukm chiqargan.

Qo‘shiqchining o‘zi suddagi g‘alabada keyingi vaziyatga shunday izoh bergandi: “Menda mualliflik huquqi bo‘yicha hujjatlarning to‘liq ro‘yxati bor. Andrey Razinning menga qarshi qilmoqchi bo‘lgan harakatlarini men ‘o‘lim oldidan talvasa’ deb atayman”.

Foto: Google qidiruv tizimidan skrinshot

Yuriy Shatunov 6-sentabr kuni 49 yoshga to‘lgan bo‘lardi.