FIFA tashkiloti terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan oyga nisbatan 6 pog‘ona yuqorilab, 77-o‘rinda qayd etilgan. OFK vakillari orasida O‘zbekiston termasi Xitoyni ortda qoldirib, 10-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Dastlabki uchlik esa Eron, Yaponiya va Janubiy Koreyaga tegishli.

Srechko Katanes shogirdlari iyun oyida Osiyo Kubogi—2023 saralash bosqichida ishtirok etib, unda Shri-Lanka, Maldiv orollari va Tailand terma jamoalari mag‘lubiyatga uchratdi.

Umumiy reytingda Braziliya terma jamoasi peshqadamlikni saqlab turibdi. Argentin uchinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, Daniya yana o‘nlikka qaytgan.

FIFA reytingi:

  1. Braziliya — 1837
  2. Belgiya — 1821
  3. Argentina — 1770
  4. Fransiya — 1764
  5. Angliya — 1737
  6. Ispaniya— 1716
  7. Italiya — 1713
  8. Niderlandiya— 1679
  9. Portugaliya — 1678
  10. Daniya — 1665

OFK:

23. Eron — 1559

24. Yaponiya — 1553

28. Janubiy Koreya — 1526

39. Avstraliya — 1483

49. Saudiya Arabistoni — 1441

53. Qatar — 1436

69. BAA — 1346

72. Iroq — 1339

75. Ummon — 1323

77. O‘zbekiston — 1307

78. Xitoy — 1304

88. Suriya — 1289