Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Severodonetsk hududini bombardimon qilishda davom etib, uni shimolda Izyum va janubda Popasnaya orqali egallashga urinmoqda. Urushni o‘rganish institutining xabar berishicha, Rossiya qo‘shinlari janubdan Lisichansk tomon muvaffaqiyatli harakatlanmoqda. Ukraina kuchlari Qora dengizdagi Zmyeiniy orolida Rossiya pozitsiyalariga zarbalar berdi va dushman harbiy texnikasining bir qismini yo‘q qildi. “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti mart oyida Kiyev yaqinida halok bo‘lgan ukrainalik fotosuratchi Maksim Levin rossiyalik askarlar tomonidan qatl etilgan bo‘lishi mumkinligini aniqladi. Mariupol meri Vadim Boychenko urush paytida shaharda kamida 22 ming kishi halok bo‘lganini aytdi. Meduza urush suratlarini jamladi.

Severodonetsk

Eng shiddatli janglar ketayotgan frontda ishlayotgan fotograflar oxirgi bir necha kun ichida kadrlarni e’lon qilmagan. 21-iyun kuni Oleksandr Ratushniak Severodonetsk yaqinida shu kunlarda olingan quyidagi suratlarni taqdim qildi.

Severodonetskdagi binolardan birining singan derazasidan “Azot” kimyo zavodi ko‘rinib turibdi. Shaharning sanoat qismi hamon Ukraina qo‘shinlari, jumladan “Azot” nazorati ostida, hozirda zavodda 568 kishi, jumladan, 38 bola yashiringan. Bu haqda 21-iyun kuni Lugansk viloyati ma’muriyati rahbari Sergey Gayday ma’lum qildi.

Foto: EPA / Oleksandr Ratushniak

Ukraina askari Severodonetsk yaqinidagi daryoni kesib o‘tmoqda. Sergey Gaydayning so‘zlariga ko‘ra, rus qo‘shinlari shahar yaqinidagi aholi punktlariga o‘rnashib olgan va shaharni o‘qqa tutishda davom etmoqda. Severodonetskning o‘zida ko‘cha janglari davom etmoqda.

Foto: Reuters / Oleksandr Ratushniak

Severodonetskning sanoat qismidagi Ukraina harbiylari. “Bizning qo‘shinlarimiz hududni ushlab turish va qurshovning oldini olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Ammo dushman qurollanishda ustunlikka ega, shuning uchun vaziyat juda qiyin. Hozir bu daqiqalarda jang maksimal intensivlikda ketmoqda”, — dedi Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar Oliy Radaning YouTube kanalidagi telemarafonida.

Foto: Reuters / Oleksandr Ratushniak

Severodonetskning sanoat tumanidagi Ukraina tanki. Ukraina Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Lugansk viloyati chegaralariga taxminan 26-iyungacha yetib borishni rejalashtirgan.

Foto: Reuters / Oleksandr Ratushniak

Ukrainalik askar Severodonetskdagi jangovar pozitsiyalardan unchalik uzoq bo‘lmagan boshpanada uxlamoqda.

Foto: EPA / Oleksandr Ratushniak

Ukrainalik harbiylar it bilan Severodonetskning sanoat qismidagi hududni tekshirmoqda

Foto: Reuters / Oleksandr Ratushniak

Severodonetskda patrullik qilayotgan ukrainalik harbiylar.

Foto: Reuters / Oleksandr Ratushniak

Xarkov

Urushning dastlabki haftalarida Rossiya o‘qlaridan shikastlangan Xarkovdagi Mehnat saroyining hovlisi. 21-iyunga o‘tar kechasi rus qo‘shinlari shahar va viloyatni yana o‘qqa tutdi: Ukraina rasmiylariga ko‘ra, 15 kishi halok bo‘lgan, yana 16 kishi yaralangan.

Foto: EPA

Xarkov markazidagi vayron bo‘lgan bino zinapoyalari.

Foto: EPA

Shahar markazida Rossiya aviazarbasidan shikastlangan yana bir bino.

Foto: EPA

Xarkovlik mexaniklar Igor va Vladimir frontdan kelgan mashinani ta’mirlashmoqda.

Foto: EPA

Kiyev

Kiyev markazidagi hududda patrullik qilayotgan ukrainalik askarlarning yonida o‘yinchoq qurol tutgan bola turibdi. Ukraina ommaviy axborot vositalari so‘nggi bir necha kun ichida Rossiya qo‘shinlarining Kiyevga yangi hujum uyushtirish ehtimolini faol muhokama qilmoqda.

Foto: Reuters

Kiyevdagi Baykove qabristonida ukrainalik harbiy va siyosatchi Oleg Kutsinning dafn marosimiga yig‘ilgan odamlar. Kutsin Ukraina Qurolli Kuchlarining 49-alohida miltiq bataloni qo‘mondoni edi. U 19-iyun kuni Xarkov viloyatidagi janglarda halok bo‘lgan.

Foto: EPA

Oleg Kutsinning yaqinlari dafn marosimida. Ivano-Frankivsk meri Ruslan Martsinkiv Kutsinni “eng qudratli qo‘mondonlardan biri” deb atadi va uni haqiqiy jangchi, qo‘mondon, hurmatga sazovor metin xarakterga ega yaxshi inson deb bilganini aytdi.

Foto: EPA