Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanidagi shisha ishlab chiqarish zavodi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan

Foto: E-auksion

Lot izohida yozilishicha, zavod barcha ishlab chiqarish uskunali bilan savdoga qo‘yilgan. 4 qavatli bino 2018-yilda qurilgan va 14 xonadan iborat. 

Yer uchastkasining umumiy maydoni — 1,3 gektar. Binoning maydoni — 8 632 kvadrat metr. Zavodda suv, elektr, gaz ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud. 

Lot auksionga iqtisodiy sudlar hukmi bilan Yunusobod tumani MIB tomonidan joylashtirilgan. 

Auksionga qo‘yilgan zavodning boshlang‘ich bahosi — 247 mlrd so‘m. Arizalar 22-iyul 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.

Avvalroq Toshkentdagi 80 xonali ofis binosi 25,6 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.