Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yin 23-iyun, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: PFL

Amaldagi chempion “Paxtakor” “Qizilqum” maydoniga safar qildi. Uchrashuvning birinchi 45 daqiqaligida darvozalar daxlsiz qoldi.

Ikkinchi bo‘limning 69-daqiqasiga kelib, mehmonlar yarim himoyachisi Sardor Rashidov super zarbasi bilan hisobni ochdi. Bellashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Dragan Cheran penaltini aniq amalga oshirib, “Paxtakor”ning ishonchli g‘alabasini ta’minladi — 2:0.

Shu tariqa Superliganing 12-turidan o‘rin olgan barcha o‘yinlar yakunlandi. Tur doirasida qayd etilgan barcha natijalar va musobaqa jadvali:

Foto: PFL

Foto: PFL

Superliga

12-tur bahsi

23-iyun, payshanba

“Qizilqum” — “Paxtakor” 0:2

Gollar: 0:1 — 69 Rashidov, 0:2 — 90+2 Cheran.

“Qizilqum”: 1. Ignatiy Nesterov, 6. Erkin Boydullayev, 7. Sanjar Shoahmedov, 10. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 11. Aleksandr Stanislavlevich (17. Salim Mustafoyev, 64), 14. Fayzulla Qambarov (29. Gabriyel Gonzalo, 90+3), 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 23. Sherali Jo‘rayev (4. Boburbek Yo‘ldoshev, 79), 28. Shuhrat Muhammadiyev, 33. Oleg Zoteyev (87. Alisher Sanoyev, 64), 43. Pol Komolafe.

“Paxtakor”: 35. Sanjar Quvvatov, 6. Ikromjon Aliboyev, 7. Odiljon Hamrobekov, 8. Azizbek Turg‘unboyev, 10. Dragan Cheran (, 66. Rustam Turdimurodov, 90+3), Sherzod A’zamov, 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 28. Diyor Xolmatov (42. Abbosbek Fayzullayev, 90), 34. Farrux Sayfiyev, 88. Shahzod Azmiddinov (18. Hojimat Erkinov, 45).

Ogohlantirishlar: Aliboyev 29, Hamrobekov 45+1, Komolafe 45+1.