Xorazm viloyatining Gurlan tumanida pul evaziga hokimligi zaxirasidagi yerdan olib berishni va’da qilgan ikki kishi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Departament hamda DXXning Gurlan tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, R.U va O‘.M. o‘zaro til biriktirib, fuqaro J.ga omborxona binosi qurish uchun tuman hokimligi zaxirasidan 40 sotix yer maydoni ajratish masalasini 100 ming dollar evaziga tanishlari orqali hal qilib berishini aytgan.

Ular oldindan 25 000 dollar va 65 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.