Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikovning ma’lum qilishicha, mamlakatga Amerikaning bir nechta HIMARS raketa tizimlari yetib kelgan.

Foto: Meduza

Reznikov Twitter’da “amerikalik hamkasbi va do‘sti” AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostinga minnatdorlik bildirgan va shunday qo‘shimcha qilgan: “Yoz bosqinchilar uchun issiq bo‘ladi. Va ulardan ba’zilari uchun oxirgisi ham”.

Iyun oyi boshida AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga Kiyev ko‘p haftalardan beri so‘rab kelayotgan HIMARS raketa tizimlarini yetkazib berish to‘g‘risidagi buyruqni imzolagandi. AQSH hukumati Ukraina ulardan Rossiya hududiga zarbalar berish uchun foydalanmaslikka va’da berganini ma’lum qildi. Gap to‘rtta HIMARS haqida ketayotgani xabar qilindi.