Manxettendagi juda muvaffaqiyatli hind oshxonasi loyihasidan so‘ng Priyanka Chopra va Manish Goyal yana hamkorlikda ish boshladi. Bu safar o‘ziga xos brendning nomi Sona Home deb nomlangan. Press-relizda yangi brend “eksklyuziv chinni, hashamdor choyshablar va fantastik aksessuarlarning ajoyib to‘plami” deb ta’riflanadi. Boshqacha qilib aytganda, uy uchun kerakli bo‘lgan barcha narsani o‘z ichiga oladi, deb yozadi Elle.
Foto: Elle
Barcha mahsulotlar ikki do‘stning ovqatlanish, suhbatlashish va ajoyib ziyofatlarga bo‘lgan muhabbatidan ilhomlanib yaratilgan. Birinchi to‘plamga “Sulton bog‘i” deb nomlangan o‘simlik va hayvonot naqshlari bilan bezatilgan 40 dona idish-tovoq kiradi. Narxlar 48 dollardan boshlanadi.
Foto: Elle
Foto: Elle
Foto: Elle
Foto: Elle
Foto: Elle