Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir beqiyos ustozligicha qolaveradi.

O‘zbekiston va jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. O‘n yillar muqaddam aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, ushbu voqea-hodisalarga jamoatchilikning munosabati qanday edi — bari “Kun matbuoti tarixi” rukni materiallarida.

1962-yilgi Toshkent manzaralari.

90 yil avval. 1932-yil 27-iyun, dushanba

“Qizil O‘zbekiston” gazetasida bosilgan “Olib-sotarlarga zarba berilsin” xabaridan parcha: “Qo‘yni olgan eski qo‘yfurush Ahmedboyev qo‘zini sotgan Navro‘zboyevning ko‘z oldida 150 so‘mlik qo‘zini 185 so‘mga sotdi. Bir daf’ada 35 so‘m naqd foyda”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 27-iyun sonidan lavha

90 yil avvalgi, lekin tanish muammolar, sarlavhadanoq hammasi tushunarli: “Talabalar yotoqxona bilan ta’minlansin”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 27-iyun sonidan lavha

O‘zbekistonning gigant ishlab chiqarish quvvatlaridan biri — Quvasoy sement zavodining 1932-yilgi umumiy ko‘rinishi.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 27-iyun sonidan lavha

60 yil avval. 1962-yil 27-iyun, payshanba

O‘zbekiston parlamentining kuni kecha ochilgan navbatdagi sessiyasida hukumat raisi o‘rinbosari Sarvar Azimov maktablar to‘g‘risidagi qonunning bajaralishi to‘g‘risida ma’ruza qilgandi. Uning ma’ruzasi yuzasidan, jumladan, O‘zbekiston rahbari Sharof Rashidov ham fikr bildirgan. U, birinchi galda, nima uchun aksariyat o‘zbekistonlik o‘quvchilar “3” bahoga o‘qiyotganini tushuntirgan:

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 27-iyun sonidan lavha

Shuningdek, Sharof Rashidov O‘zbekistondagi “hamma maktablarni bir smenaga ko‘chirishni oldimizga maqsad qilib qo‘yishimiz va shu maqsadni amalga oshirish uchun qat’iy harakat qilmog‘imiz zarur”ligini ta’kidlagan.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 27-iyun sonidan lavha

Yuqori Chirchiq tumanidagi Sverdlov nomli kolxoz davlatga g‘alla sotish planini O‘zbekistonda birinchi bo‘lib bajargan:

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 27-iyun sonidan lavha

O‘zbekistonning gigant ishlab chiqarish korxonalaridan biri — Ohangaron sement zavodida katta tantana bo‘lib o‘tgan, unda O‘zbekiston rahbari Sharof Rashidov ham qatnashgan.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 27-iyun sonidan lavha

30 yil avval. 1992-yil 27-iyun, shanba

1992-yil yanvar oyida Toshkentdagi Talabalar shaharchasida ro‘y bergan voqealar bo‘yicha O‘zbekiston parlamenti Rayosati tuzgan respublika va deputatlar komissiyalarining axboroti matbuotda e’lon qilingan. Unda voqea nima sababdan kelib chiqqani umumiy aytib o‘tilgan:

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 27-iyun sonidan lavha

Taniqli dramaturg va publitsist Abduqahhor Ibrohimov “O‘zbekiston ovozi” gazetasiga taqdim etgan “Davlat tafakkuri yo‘lida” sarlavhali katta maqolasida talabalar isyonidan so‘ng maktablarda kuzatilayotgan bir holatni izohlab o‘tgan:

“O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 27-iyun sonidan lavha

Kelesda kuzatilgan toshqin va undan keyin olib borilgan ishlar haqida:

“O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 27-iyun sonidan lavha

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Mirmuhsin Rossiya matbuoti va O‘zbekistondagi rusiyzabon nashrlarning aksariyat hollarda asossiz, biryoqlama chiqishlariga javoban “Jonga tegdi” sarlavhali maqola bilan chiqish qilgan:

“O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 27-iyun sonidan lavha