Samarqand shahrining “Bog‘bonlar” mahallasida yashovchi kelin o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura matbuot kotibining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan.

“Samarqandda 29 yoshli ayol uksus kislotasidan zaharlanib, vafot etgani holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, — deyiladi xabarda.

24-iyun kuni Samarqand shahri “Bog‘bonlar” mahallasi Yangravot ko‘chasida yashovchi 29 yoshli N.M. “uksus kislotasidan o‘tkir zaharlanish” tashxisi bilan RSHTTYoM Samarqand filiali jarrohlik bo‘limiga yotqizilgandi. 27-iyun kuni N.M.ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

“Hodisa joyiga tezkor-tergov guruhi chiqib, ko‘zdan kechirilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda”, — deya ma’lum qilgandi Samarqand viloyati prokuraturasi.

Avvalroq Andijonda 38 yoshli hokim yordamchisi yashash uyidagi molxona boloriga osilgan holda topilgani, Qashqadaryoda 16 va 14 yoshli qizlar o‘zini osib qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi.