AQSH, Birgalikdagi keng qamrovli harakatlar rejasida (BKQHR) ko‘zda tutilganidek, Eronga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishi kerak. Bunday da’vat bilan BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari DiKarlo BMT Xavfsizlik kengashi majlisida chiqish qildi, deb yozadi Tengrinews.

Foto: AP Photo

“Biz yana AQSHni BKQHRda ko‘zda tutilganidek, sanksiyalarni bekor qilishga yoki istisnolar kiritishga hamda Eron bilan neft savdosiga nisbatan mustasnolar amal qilishini uzaytirishga chaqiramiz”, — dedi DiKarlo.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shuningdek, BMT Eronni BKQHR doirasida mamlakat majburiyatlariga zid keluvchi qadamlarni bekor qilishga da’vat etadi.

2015-yilda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Xitoy, Rossiya, AQSH, Fransiya va Eron yadro bitimi — Birgalikdagi keng qamrovli harakatlar rejasida (BKQHR)ni tuzgan edi, unga ko‘ra Tehron o‘zining yadroviy dasturini faqat tinch maqsadlarda rivojlantirishni cheklashi kerak. Maxsus shartlar, jumladan, uranni boyitish darajasi, sanktsiyalarni bosqichma-bosqich olib tashlash evaziga MAGATE inspektorlarini Eron yadroviy obyektlariga kiritish bo‘yicha kelishib olingan. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 2018-yilda AQShni BKQHRdan bir tomonlama chiqardi va Eronga qarshi sanksiyalarni qayta joriy qildi, bu esa Tehronni kelishuvning ayrim shartlaridan voz kechishga majbur etdi.

Keyinchalik, 2021-yilning aprelidan dekabrigacha Eron va bir qator jahon kuchlari Venada BKQHRni tiklash bo‘yicha bir necha bosqichli muzokaralar o‘tkazdi. AQSH ularda bevosita ishtirok etmadi.

So‘nggi haftalarda AQSH va boshqa G‘arb davlatlari rasmiylari Eronning BKQHRga qaytish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun vaqti kam qolayotgani haqida tez-tez ogohlantirmoqda.

Hafta boshida Eron hukumati muzokaralar endi Fors ko‘rfazidagi mamlakatlardan birida bo‘lib o‘tishini e’lon qildi va zudlik bilan birinchi sinov raundini chaqirdi. Biroq Eronning Tasnim agentligi muzokaralar jarayonining ikki kuni o‘tganidan keyin ma’lum qilishicha, natijalarga erishilmagan, chunki Amerika delegatsiyasi Eronning bitim yakuniy variantida uning iqtisodiy manfaatiga rioya qilinishi kerakligi haqidagi talabini ko‘rib chiqishdan bosh tortgan.