Ko‘plab kompaniyalar o‘z qurilmalari uylarning interyeriga mos kelishi uchun ularni imkon qadar ixcham ko‘rinishda ishlab chiqarishga urinadi. YouTube kanallaridan birining muallifi Maykl Pik buning aksini amalga oshirib, ulkan Xbox Series X pristavkasini yasadi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Ginnesning rekordlar kitobi

Bloger birinchi bosqichda Xbox korpusini yasagan. Uning karkasi yog‘och panellardan ishlangan. Shuningdek, xuddi haqiqiyga o‘xshash soxta razyomlar ham mavjud. Pristavkaning yuqori qismi 3D-printerda chop etilgan.

Ulkan karkas ichida oddiy Xbox Series X konsoli joylashgan. U bir nechta dvigatellardan joylashtirilgan maxsus bo‘lmaga qotirilgan. Ular fodalanuvchi ulkan korpusdagi tugmalarni bosganda original konsoldagi tegishli tugmalarning ishlashini ta’minlaydi.

Natijada 2 metrlik pristavka hosil bo‘lgan, eni esa 1 metrni tashkil etadi, og‘irligi — 113 kilogramm. Maykl Pikning konsoli Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning martida Sony kompaniyasi o‘zining PlayStation 5 pristavkasi uchun sharsimon ko‘rinishdagi qator imkoniyatlarga, jumladan, sensorli aniqlash tizimiga ega kontrollerni taqdim etgandi.