Ispaniyada Ryanair aviakompaniyasi xodimlaring ish tashlashi tufayli 30-iyun kuni aeroportlarda ko‘plab reyslar bekor qilindi. Bu haqda G‘arb OAVga tayanib, “Interfaks” xabar bergan.

Foto: BBC

Xabarga ko‘ra, Ispaniyadan xorij davlatlariga yoki chet eldan mamlakatga uchishi kerak bo‘lgan jami 54 ta reys bekor qilingan. Yana 300 ta aviareysning jo‘nashi kechiktirilgan.

Aviakompaniya xodimlari mehnat sharoitlaridan norozi. Ular bu holat 2-iyulga qadar davom etishi mumkinligini inkor qilmagan.

Ayni vaqt Yevropada turizm mavsumi avjiga chiqqan, aeroportlar odamlar bilan to‘lgan. Ryanair ishchilari ham mazkur “tig‘iz payt”dan unumli foydalanib qolmoqchi.