Toshkent shahri Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida 2-iyul kuni elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kuni hududlardagi “Beshqo‘rg‘on” va “Zenit” podstansiyalarining yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Ushbu ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida Olmazor tumanidagi:

  • 21-sonli oilaviy poliklinika, ATS-248, Ruhiy kasalliklar shifoxonasi, Teri–dermatovenerologiya dispanseri, maktab, tadbirkorlik subyektlari, xususiy sex;
  • “Ibrohim ota”, “Taraqqiyot”, “Mirpo‘latova”, “Qorasaroy”, “O.Hotamova”, “Hasanboy” mahallalari;
  • Ibragimova, Qorasaroy, Chuqursoy, Shifokorlar shaharchasi, Ohunboboyev mavze va dahalarida joylashgan aholi xonadonlari;
  • 23 ta tadbirkorlik subyektida

Yunusobod tumanidagi:

  • 6, 7, 8 va 9-dahalar, Sh.Kazakbayeva, Xolis, Beruniy, Hamkorobod, X.Rasulova, Hasanboy ko‘chalari;
  • 6 ta tadbirkorlik subyekti;
  • “Shodlik”, “Sh.Kazakbayeva“, “Beruniy”, “Kattasoy”, “Xolis”, “Hamkorobod”, “Ahrorobod” mahallalarida;
  • “Hasanboy” mavzesida hamda “Korzinka” savdo kompleksida elektr energiyasi soat 05:00 dan 08:00 qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.

“Ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli tumandagi ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.