Turkiya tez orada Anqaraga Amerika F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish masalasini muhokama qilish uchun AQSHga delegatsiya yuboradi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on.

Foto: Global Look Press

“Prezident Jo Bayden Turkiyaga F-16 samolyotlari yetkazib berilishini ta’minlash uchun samimiy sa’y-harakatlarni amalga oshiradi”, — deya Erdo‘g‘onning NATO sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanidagi so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Anadolu agentligi.

“Umid qilamanki, natijalar Turkiya va AQSH o‘rtasidagi do‘stlik va birdamlikning illyustratsiyasiga aylanadi. Turkiya delegatsiyasi tez orada Vashingtonga jo‘nab ketadi”, - deydi u.

O‘z navbatida, AQSH prezidenti Jo Bayden 30-iyun kuni  avvalroq “AQSH Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini sotishi kerak”, degan edi. U, shuningdek, bu qadam uchun Kongress roziligini olishiga ishonch bildirdi.

Erdo‘g‘on o‘tgan yilning kuzida Vashington Turkiyaga F-35 dasturiga kiritilgan avvalgi sarmoyasi evaziga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishni taklif qilganini aytgandi. Anqara bir necha yil oldin Rossiyaning S-400 zenit-raketalarini sotib olganidan keyin bu dasturdan chiqarib yuborilgan edi.

Qo‘shma Shtatlar Turkiyaning Rossiyadan S-400 zenit-raketa komplekslarini sotib olganidan xavotirini bir necha bor bildirgan. AQSH Rossiya Federatsiyasi ushbu tizimlardan beshinchi avlod F-35 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari haqida ma’lumot olish uchun foydalanishi mumkin deb hisobladi.