FIFA tashkilot ichidagi korrupsiya ishi bo‘yicha AQSH Adliya vazirligidan ko‘p millionli tovon puli oladi.

Foto: Getty Images

ESPN’ning yozishicha, Xalqaro futbol federatsiyasi futboldagi global korrupsiya sxemalari tufayli yetkazilgan zarar uchun 92 million dollar tovon puli oladi. Ushbu sxemada FIFA rasmiylari ham ishtirok etgan.

Qayd etish kerak, bu AQSH Adliya vazirligi tomonidan FIFA foydasiga to‘lov qilingan birinchi holat emas.

2021-yil avgust oyida ham FIFA 201 million dollar kompensatsiya olgan. Bu pullar korrupsiyada ayblanib javobgarlikka tortilgan federatsiyaning sobiq amaldorlarining bank hisob raqamlaridan olib qo‘yilgandi.