Alisher Usmonov O‘zbekistonga o‘z salohiyatini to‘liq ochishga yordam berishni maqsad qilib qo‘ygan. Bu haqda u Forbes nashriga ma’lum qildi.

Bu iqtidorli va mehnatkash odamlar mamlakati, — dedi Alisher Usmonov.

Unga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni dunyoga olib chiqish uchun bor kuch-g‘ayratini sarflamoqda.

Ilgari men bu yerda na yashay, na ishlay olardim, — deb tan oladi Usmonov.

Avvalroq Alisher Usmonov sanksiyalar va Toshkentdagi hayot haqida hikoya qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xayr-ehson qilish va sarmoya jalb qilish qiyinlashdi, shu bois cheklovlar nafaqat unga, balki uning yordamiga muhtoj barcha odamlarga ham ta’sir qilmoqda. Bundan tashqari, tadbirkor O‘zbekistonga sarmoya kiritish uchun eng qiziqarli yo‘nalishlarni ham sanab o‘tdi.