Misrning Xurgada shahrida Qizil dengizda suzayotgan ayol akula hujumiga uchradi, deb yozadi Meduza Al Arabia nashri va Rossiyaning Misrdagi bosh konsulxonasiga tayanib xabar berdi.

Akula hujumi Saxl-Xashish kurorti yaqinida yuz bergan. Oqibatda ayol qo‘li va oyog‘idan ayrilgan. U kasalxonada vafot etgan.

Bosh konsulxonada qayd etilishicha, marhuma sayyoh bo‘lgan. Al Arabiya ma’lumotlariga ko‘ra, gap 68 yoshli Avstriya fuqarosi haqida bormoqda, u so‘nggi vaqtlarda Misrda doimiy yashab kelgan.

Akula hujumidan keyin Saxl-Xashish yaqinidan Makadi-Bey ko‘rfazigacha bo‘lgan hududda cho‘milish, baliq ovlash va boshqa suv sporti turlari uch kunga taqiqlandi.

“RIA Novosti” yozishicha, so‘nggi bir necha yillardan buyon mahalliy OAVlar Xurgada sohillari yaqinida oq akulalar faolligi haqida xabar bermagan edi. 2010-yil dekabrida Misrning boshqa kurorti Sharm-ash-Shayx yaqinida beshta akula dam olayotgan sayyohlarga hamla qilgan edi. Germaniya fuqarosi halok bo‘lib, uch rossiyalik va bir ukrainalik jabrlangandi.

2020-yilda Misrning Marsa-al-Alam shahrida uzunqanot akula germaniyalik turist-dayverga hujum qilgani va ayolning chap yelkasini tishlab olgani xabar berilgan edi.