2022-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 240 945 (+89) nafarni tashkil etmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yangi kasallanish holatlarining 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 5 nafari Andijon viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida, 7 nafari Jizzax viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida, 6 nafari Navoiy viloyatida, 7 nafari Namangan viloyatida, 6 nafari Samarqand viloyatida, 3 nafari Sirdaryo viloyatida, 4 nafari Surxondaryo viloyatida, 7 nafari Farg‘ona viloyatida, 5 nafari Xorazm viloyatida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 19 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida Jizzax viloyatida 14 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar, Namangan viloyatida 4 nafar, Sirdaryo viloyatida 1 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar, Farg‘ona viloyatida 2 nafar, Toshkent viloyatida 5 nafar, Toshkent shahrida 23 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 238 143 (+57) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.