“O‘zgidromet” O‘zbekistonda 3–5-iyun kunlari havo harorati pasayishini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

2022-yilning 3-iyul O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4–5-iyul kunlari respublikaning barcha hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi natijasida kunduzgi havo harorati 30–35 darajagacha pasayadi.

3–5-iyulda front kirib kelishi hisobiga respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.

3-iyul Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida; 3–4-iyul Buxoro, Navoiy viloyatlarida; 4–5-iyul Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa ayrim joylarda shamol kuchayishi 25–28 metr/sekundga yetishi mumkin.

1—3-iyulda Farg‘ona viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.