“PSJ” va Neymarning shartnomasi avtomatik tarzda uzaytirildi.

Foto: Getty Images

1-iyul sanasida braziliyalik hujumchining Parij klubi bilan shartnomasi 2027-yilgacha uzaytirilgan. Tomonlarning amaldagi shartnomasi esa 2025-yilgacha mo‘ljallangan.

L’Equipe xabariga ko‘ra, futbolchining atrofidagilari Neymarning faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlardan birini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytgan.

Avvalroq fransuz klubi futbolchining otasi bilan bog‘lanib, Neymarga boshqa jamoaga o‘tish imkoniyatlari qidirilishi ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.

Neymar Liga 1 ning so‘nggi mavsumida 22 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol va 6 ta assistga mualliflik qildi.