Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida noqonuniy valyuta savdosining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda IIBning Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda “Qarshi shahar buyum bozori” oldida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqaro X.D. fuqaro A.ga 5 300 dollarni 58,8 million so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Tadbir jarayonida jami 5 800 dollar va 4050 rubl ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.