Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniylik va huquq-tartibotni tiklash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 2022-yil 3-iyul kuni soat 00:01 dan 2022-yil 2-avgust kuni soat 00:00 ga qadar bo‘lgan davrda favqulodda holat joriy etildi.

Favqulodda holat davrida soat 21:00 dan 7:00 gacha komendantlik soati joriy qilinadi. Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi komendanti etib tayinlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasiga kirish va undan chiqish cheklanadi. Barcha ommaviy tadbirlar taqiqlanadi.