Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlovchi shaxs qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB.

Foto: Samarqand viloyati IIB

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga fuqaro ariza bilan murojaat qilib, jiyani S.ni o‘qishga kirishi uchun hujjat topshirish tartibi bilan tanishib yurgan vaqtida, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Sirtqi bo‘lim boshlig‘i bilan tanishib qolgan ini, ushbu shaxs uning ishonchiga kirib, jiyanini dizayn fakultetiga o‘qishga joylashtirib qo‘yishini aytib, evaziga 5000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilganini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, 2022-yil 1-iyul kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, X.V. ariza muallifidan talab qilgan 5000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.